Jahon | 20:02 / 17.11.2015
6065
7 daqiqa o‘qiladi

KUN.UZ dayjesti: 17 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 17 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

WikiLeaks Oq uydagi korrupsiya haqidagi maxfiy audioyozuvlarni chop etdi

WikiLeaks portali Oq uydagi korrupsiya haqidagi 30 soatlik maxfiy audioyozuvlar va stenogrammalarni chop etdi.

Pentagon: AQShga yolg‘iz terroristlar eng ko‘p xavf tug‘diradi

Bugungi kunda IShID tomonidan AQSh uchun uyushtiriladigan tahdidlar ichida yolg‘iz terroristlar eng ko‘p xavf tug‘diradi, deya ma'lum qildi Pentagon rahbari Eshton Karter.

Misrda A321 samolyoti qulagan joydan 70 km uzoqlikda 24 jangari yo‘q qilindi

Misr xavfsizlik kuchlari xodimlari Markaziy Sinayda faoliyat yuritgan IShIDning bo‘limiga qarashli bo‘lgan 24 jangarini Rossiyaning A321 samolyoti qulagan joydan 70 km uzoqlikdagi joyda yo‘q qildilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Obama Suriyada yer usti operatsiyasi o‘tkazilishi imkoniyatini istisno qildi

AQSh prezidenti Barak Obama AQSh IShIDga qarshi kurashish strategiyasini o‘zgartirmasligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Kemeron ekstremizmni qoralayotgan musulmonlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron islomni tinchlik dini sifatida ko‘rishni taklif qilayotgan faollarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Amerikalik harbiylar Parijga sayohat qilishi taqiqlandi

AQSh harbiylarining Parij shahriga ruxsatsiz borishi taqiqlandi. Bu haqdagi qaror AQSh Harbiy qurolli kuchlarining Yevropa bo‘linmasi rasmiy saytida joylashtirilgan.

Putin G20 a'zolarini IShID bilan moliyaviy hamkorlikda aybladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida “Katta yigirmatalik”ka kiruvchi ayrim davlatlarni IShID terrorchilik tashkiloti bilan neft savdosi bo‘yicha hamkorlik qilayotganlikda aybladi.

Tramp AQShda masjidlarni yopib qo‘yishni “jiddiy o‘ylab ko‘rishga” chaqirdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri Donald Tramp AQShda masjidlarni yopib qo‘yish imkoniyati haqida jiddiy o‘ylayotganini aytdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Afg‘oniston shimoli-g‘arbida 1 qishloq jangarilar qo‘lidan ozod qilindi

Tolibon tashkiloti a'zolari hisoblangan 20 nafar jangari Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Saripul viloyati, Shiramxo tumani hududida hukumat harbiy kuchlari tomonidan o‘tkazilgan harbiy amaliyot natijasida o‘ldirildi.

Yevropadagi OAVlar xatolik tufayli kanadalik suratini Parij terakti ijrochilaridan biri surati sifatida tarqatishdi>>

Kanadalik Virender Jubbal xatolik tufayli Yevropaning yirik OAVlari o‘quvchilariga Parijdagi terakt ijrochilaridan biri sifatida tanishtirildi. 

Fransiya samolyotlari Roqqada navbatdagi havo zarbalarini amalga oshirdi

Fransiya Harbiy havo kuchlariga tegishli samolyotlar Suriyaning Roqqa shahrida IShID nuqtalariga zarba berdi

Avstraliyada ilk musulmonlar partiyasi paydo bo‘ldi

17 noyabr kuni Avstraliyada ilk musulmon partiyasi tashkil etildi. "Avstraliya musulmonlari partiyasi" nomini olgan bu siyosiy tuzilma rahbari mamlakat senati uchun saylovda ishtirok etish niyatida ekani ma'lum qilingan.

Fransiyada 13 yoshli bola tasodifan o‘z sinfdoshini otib qo‘ydi

Fransiyada 13 yoshli bola maktab avtobusida tasodifan o‘z sinfdoshini otib qo‘ydi, deb xabar bermoqda France Info.

Gretsiyada yer qimirladi

Gretsiya g‘arbida kuchli yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Gretsiya va AQSh seysmologlari xabar tarqatdi.

AQShda eng yaxshi yadroviy bomba sinovlar yakunlandi

AQSh modernizatsiyadan o‘tgan B61-12 atom bombasining yakuniy, uchinchi sinovlarini yakunladi. U o‘z ichiga yadroviy zaryadni portlatishni olmagan edi, deb tushuntirdi AQSh energetika vazirligi qoshidagi Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha milliy boshqarma vakillari.

Rossiya hukumati A321 samolyoti terakt tufayli qulaganini tasdiqladi

Rossiya FSB (Federal xavfsizlik xizmati 31 oktabr kuni Misrda qulab tushgan A321 layneri halokati terakt amalga oshirilishi tufayli sodir bo‘lgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

Rim papasi: Xudo nomini qotillik uchun qo‘llash kufrdir>>

Rim papasi Frantsisk Parijda sodir etilgan teraktlarni qoraladi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, u Xudo nomidan foydalanib qotillikka qo‘l urgan odamlarni keskin qoralagan.

Gvineyada Ebolaga chalingan so‘nggi bemor tuzaldi>>

Gvineyada Ebola virusiga chalingan so‘nggi bemor davolanib, kasalxonadan chiqarildi, deb xabar bermoqda Reuters.

OAV: Rossiya IShID pozitsiyalariga suv osti kemasidan zarbalar berdi>>

Rossiya O‘rta Yer dengizidagi suv osti kemasidan IShID pozitsiyalariga “Kalibr” qanotli raketalari bilan zarbalar berdi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin manbaga iqtibos keltirgan holda RBK nashri.

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida suv toshqinlari ro‘y berdi>>

17 noyabr kuni Saudiya Arabistonning Jidda shahri ko‘chalari kuchli toshqinlari qurshovida qoldi. Bu haqda arabnews.com internet nashri xabar qildi.

Putin terroristlarga yordam berayotganlarni ogohlantirdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Misrdagi A321 samolyoti halokatini uyushtirgan terroristlarga yordam ko‘rsatishning oqibati haqida ogohlantirdi.

Miramax films kinostudiyasi Al Jazeera tomonidan sotib olinishi mumkin>>

Amerikalik milliarder Tomas Barrak va bir qator investorlar AQSh kinokompaniyasi sanalgan Miramax films Qatarning yirik mediaguruhi sanalgan Al Jazeera Media Network`ga tegishli bo‘lgan BeIN Media Group mediagigantiga sotilishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 

NYT: Xitoyda mahbuslarning tana a'zolari transplantatsiya uchun qo‘llanadi>>

Xitoyda mahbuslarning tana a'zolari ilgarigidek ko‘chirib o‘tkazishda qo‘llanmoqda, vaholanki, sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining o‘tgan yilgi bayonotida bunday amaliyotdan voz kechilishini ta'kidlagan edi.