Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Xitoyda mahbuslarning tana a'zolari transplantatsiya uchun qo‘llanadi
Xitoyda mahbuslarning tana a'zolari ilgarigidek ko‘chirib o‘tkazishda qo‘llanmoqda, vaholanki, sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining o‘tgan yilgi bayonotida bunday amaliyotdan voz kechilishini ta'kidlagan edi.
Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Xitoy shifokor-olimlarining so‘zlariga qaraganda, bu amaliyot siyosatchilar tomonidan to‘laligicha qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Jumladan, Maynts universitetining bir xodimi hukumat mahbuslarning maqominigina o‘zgartirib qo‘yganini aytdi. Shu tariqa, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Xuang Tszefuning o‘tgan yilgi bayonoti haqiqatga mos kelmayapti, deb yozadi nashr.