Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya FXXdan Rossiyaga IShID bilan chegaradosh davlatlar fuqarolari kirishida tekshiruvni kuchaytirish so‘ralmoqda
Rossiya Davlat dumasi deputati Oleg Nilov Rossiya Federal xavfsizlik xizmati boshlig‘i Aleksandr Bortnikovdan Rossiyaga terrorchilik xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar bilan chegaradosh davlatlardan keluvchi barcha fuqarolarni qo‘shimcha tekshiruvini tashkil etishni so‘radi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Deputatning ta'kidlashicha, bu hududlarda bir oydan ko‘proq vaqt bo‘lgan barcha shaxslar tekshirilishi lozim.
“Rossiyaga terrorchilik xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar bilan chegaradosh davlatlardan kelayotgan va bunday davlatlarda bir oydan ko‘proq bo‘lgan rossiyalik, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha tekshiruvlarni (daktiloskopik tekshiruv, suratga olish, u yoki bu davlatda bo‘lishi, Rossiyaga kirishi sabablari va shu kabilar haqida ma'lumotlar olish) amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqishingizni so‘rayman”, deyilmoqda iltimosda.
Deputatning fikricha, bunday davlatlarga, xususan, Turkiya, Suriya, Eron, Iroq, Misr, Liviya va boshqa davlatlar kiradi.