Jahon | 23:26 / 17.11.2015
5015
2 daqiqa o‘qiladi

Sergey Lavrov AQSh va koalitsiya Asadga xavf soluvchi IShID bo‘linmalariga tegmayotganini ma'lum qildi

AQSh va koalitsiya Suriya prezidenti Bashar Asad armiyasini chekintira oladigan IShID bo‘linmalariga ataylab tegmayapti, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Rossiya 1” telekanalida “Vesti.doc” ko‘rsatuvida aytdi.

“AQSh va u tomonidan yaratilgan koalitsiya kulfati shundaki, ular koalitsiya faqatgina IShID va boshqa terrorchilarga qarshi kurashish uchun yaratilgani hamda Suriya armiyasiga hech qanday harbiy harakatlar olib borilmasligini e'lon qilgan bo‘lsalarda, ular tomonidan terrorchilarning pozitsiyalariga berilgan zarbalar va ularning bir yildan ko‘proq vaqt davomidagi tahlili ular ko‘p hollarda, men ayagan holda degan bo‘lardim, Suriya armiyasini jiddiy chekintira olishi mumkin bo‘lgan IShID bo‘linmalarini tegmaganlar”, deb aytdi Lavrov.

Lavrovning ta'kidashicha, bu “AQSh Suriyada nimani istashi haqida tavavvur bermaydigan “juda xavfli va ikki ma'noli o‘yindir”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish