Jahon | 10:17 / 17.11.2015
2386
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya donorlari konferensiyasi 4 fevral kuni Londonda bo‘lib o‘tadi

Suriyadagi gumanitar operatsiyalar uchun mablag‘ to‘plash borasidagi donorlar konferensiyasi 4 fevral kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarik bayonot berdi.

“Birlashgan Qirollik, Germaniya, Norvegiya, Quvayt va BMT 4 fevral kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan donorlar konferensiyasi anonsini e'lon qiladi”, - dedi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad Suriya inqirozi tufayli qiyin ahvolda qolgan barcha insonlarga yordam ko‘rsatishga yetarli miqdorda mablag‘ to‘plashdir.

Dyujarikning xabar berishicha, BMTning gumanitar agentliklari mintaqada yordam dasturini amalga oshirishda mablag‘ yetishmasligi bilan to‘qnash kelishdi.
“Joriy yilda so‘ralgan 8.4 mlrd dollardan 3.4 mlrd dollar olindi”, - ta'kidladi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish