Jahon | 11:01 / 18.11.2015
2491
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh IShIDga qarshi kurashda kurd ko‘ngillilari bilan hamkorlikni davom ettiradi

AQSh armiyasi IShID jangarilariga qarshi kurashda kurd ko‘ngillilarining qurollangan qo‘shilmalari bilan hamkorlik qilishda davom etadi. Bu haqda Oq Uy tomonidan tarqatilgan xabarnomada aytildi.

Bunday xulosa AQSh prezidenti o‘rinbosari Jo Baydenning Iroq Kurdistoni yetakchisi Mas'ud Barzoniy bilan telefon muloqotidan so‘ng berildi.

“Ular operatsiya IShIDga o‘tkaziladigan bosimni oshirish bo‘yicha qo‘shma kampaniyaning davomi bo‘lishini qayd qilib o‘tishdi”, - ta'kidlandi xabarnomada.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish