Jahon | 20:43 / 18.11.2015
4133
1 daqiqa o‘qiladi

"Boko Haram"ga qarshi kurash maqsadida ajratilgan 2 mlrd dollarni o‘zlashtirib yuborgan amaldor hibs qilindi

Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy mamlakatning sobiq prezidenti Gudlak Jonatanning xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sambo Dasukini hibsga olish haqida farmon berdi.

This Day gazetasi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu shaxs "Boko Haram" tashkilotiga qarshi kurash maqsadida ajratilgan 2 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirib yuborganlikda ayblanib, qo‘lga olingan.

Ma'lum qilinishicha, iste'fodagi polkovnik hisoblanadigan Dasuki 12ta vertolyot, 4ta harbiy samolyot va o‘q dorilar sotib olingani haqida soxta hujjatlar tayyorlagan. Lekin "Boko Haram" tashkilotiga qarshi kurash harakatlarda bunday qurol va vositalar mavjud bo‘lmagan.

Nigeriya armiyasi byudjyet tanqisligi va jangarilarga qarshi kurashning samaradorligini ta'minlash maqsadida zamonaviy qurollar berilmayotganidan shikoyat qilib kelishgan.

Buxoriyning aytishicha, amaldorning bu qing‘irligi minglab kishilarning jangarilar qurboni bo‘lishiga sabab hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish