Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Rossiyaga yangi elchi tayinladi
Buyuk Britaniya birlashgan qirolligi Rossiyaga yangi elchisini jo‘natadi. Bu haqda qirollik Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar qilingan.
"Doktor Lori Bristou hazrati oliyalarining (Yelizaveta Ikkinchi - kun.uz izohi) Rossiya Federatsiyasidagi yangi elchisi deb tayinlandi. Shu vaqtgacha Britaniyaning Moskvadagi elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan ser Tim Barrou esa boshqa diplomatik vazifani bajarishga kirishgan. Doktor Bristou o‘zining yangi lavozimida 2016 yilning 1 yanvaridan ishlay boshlaydi", deyiladi xabarda.
Lori Bristou bu vaqtgacha Buyuk Britaniya TIVning milliy xavfsizlik bo‘limi rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.