Jamiyat | 18:52 / 18.11.2015
4751
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi narkodispanser xodimi nasha sotib kelgani aniqlandi

Farg‘ona ruhiy kasalliklar shifoxonasining narkologiya bo‘limida sanitar bo‘lib ishlagan, Kokilon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Muhammadjon Rajabov giyohvand moddalar savdosida ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, u, o‘zi narkodispanserda ishlashiga qaramay, nashaga ruju qo‘ygan. O‘zidan ortgan giyohvandlik moddalarini esa sotib kelgan. Hatto bir necha marotaba dispanser davolanuvchilarini ham “ta'minlagan”.

Uning uyida o‘tkazilgan tintuv chog‘ida 14ta qog‘oz parchasiga qadoqlab yashirib qo‘yilgan nasha topildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish