Sport | 18:46 / 18.11.2015
7122
1 daqiqa o‘qiladi

Gonduras termasi futbolchisi "qo‘rqinchli darajadagi jarohat" olib, 1 yilga safdan chiqdi

2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash bosqichi doirasida Gonduras va Meksika terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar yarim himoyachisi Luis Garrido qo‘rqinchli darajadagi jarohat oldi.

O‘yinning 43-daqiqasida 25 yoshli xavbek raqibning yetakchi futbolchilaridan biri bo‘lmish Xaver Akino bilan to‘qnashgan. Shu vaziyatda og‘ir jarohatlangan futbolchini shifokorlar zambilda ko‘targan holda maydondan olib chiqishgan.

Shifokorlarning aytishicha, Garridoning o‘ng oyog‘i singan.

U kamida 1 yil davomida futbol o‘ynay olmasligi aytilgan.

Ma'lumot uchun, Garrido MLSda ishtirok etuvchi "Xyuston Dinamo" jamoasi a'zosi hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish