Jahon | 12:56 / 18.11.2015
5744
1 daqiqa o‘qiladi

Iordaniya qiroli IShIDni Uchinchi jahon urushini boshlab berganlikda aybladi

Iordaniya qiroli Abdalla II IShID terroristlarini butun insoniyatga qarshi qaratilgan Uchinchi jahon urushini boshlaganlikda ayblab, dunyo hamjamiyatini mazkur tahdidga qarshi kuchlarni birlashtirishga chaqirdi, deya xabar berdi AFP.

“Biz insoniyatga qarshi qaratilgan Uchinchi jahon urushi bilan to‘qnash kelmoqdamiz va bu bizni hozirdan birlashtirmoqda”, - dedi Abdalla II o‘zining Kosovoga uyushtirgan tashrifi arafasida. Qirol IShID jangarilarini insoniylikdan voz kechgan “yovvoyi bosmachilar” deb atadi.

Uning fikricha, IShIDga qarshi kurash “islom ichidagi urush” bo‘lib, bu jang musulmonni o‘taketgan mutaassiblarga aylantirish istagida bo‘lganlarni yo‘q qilishga qaratilgan.
“Biz tez va qat'iy harakat qilib, Yaqin Sharq, Afrika, Osiyo yoki Yevropadagi qit'alararo tahdidni yo‘q qilishimiz kerak”, - dedi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish