Jahon | 20:15 / 18.11.2015
2728
1 daqiqa o‘qiladi

Kemeron: Britaniyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalari qonuniy bo‘ladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Britaniya qurolli kuchlarining Suriyadagi har qanday harbiy operatsiyasi BMT Xavfsizlik kengashi tegishli ruxsat bermasa ham qonuniy ko‘rinishda bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“Bizning har bir xatti-harakatimiz qonuniy bo‘ladi va shuning bilan birga fuqarolarimiz hamda mamlakatimizni himoya etishda yordam beradi”, — deb ta'kidlab o‘tgan u Britaniya parlamentida chiqishi chog‘ida.

Bosh vazir bunday vaziyatlarda Birlashgan millatlar tashkiloti Xavfsizlik kengashining to‘la qo‘llab-quvvatlashini afzal, deb bilishini ta'kidlab o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish