Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya harbiy samolyotlari Suriyada jangarilarning 500ga yaqin neft tashuvchi transportini yo‘q qilgan
Rossiya bosh shtabi general-polkovnigi Andrey Kartapolovning ma'lum qilishicha, keyingi bir necha kun ichida Rossiya Harbiy koinot kuchlari samolyotlari Suriyadan Iroqqa IShIDning noqonuniy neft mahsulotlarini tashiyotgan 500ga yaqin transportini yo‘q qilgan.
"Keyingi yillarda IShID va boshqa ekstremistik tashkilotlar neftga boy hududlarga o‘rnashib olishdi va "g‘ildirakli neft quvurlari" faoliyatini yo‘lga qo‘yishdi", deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yuzlab neft tashuvchi avtomobillari tonnalab neftni Iroqqa qayta ishlanishi uchun tashishmoqda. General neft sotishdan keladigan mablag‘lar IShIDning asosiy daromadi ekanini qayd etib o‘tgan.
"Keyingi kunlar davomida bizning aviatsiyamiz 500ga yaqin shunday vositalarni yo‘q qildi", deya ma'lum qilgan Kartopalov.