Texnologiya | 11:29 / 18.11.2015
2074
1 daqiqa o‘qiladi

Tesla Germaniyada akkumulyatorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Tesla Motors avtomobil kompaniyasi va Germaniya hukumati mamlakat hududida akkumulyatorli batareyalar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Bloomberg xabar beradi.

Bu haqda Germaniya moliya vaziri Zigmar Gabriel ma'lum qilgan, ammo ishga tushirish sanasiga oydinlik kiritmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya rahbari Ilon Mask hukumatga yangi takliflar bilan chiqishi mumkin.
Shu bilan birga, Tesla kompaniyasining Myunxendagi vakili Katrin Shiraning ma'lum qilishicha, Germaniya hududida zavod qurish borasida ilgari qilingan bitim o‘z kuchini yo‘qotgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish