Jahon | 19:39 / 19.11.2015
5737
1 daqiqa o‘qiladi

Botsvanada so‘nggi asrning eng yirik olmosi topildi

Lucara Diamond korporatsiyasi vakillarining ma'lum qilishicha, 1 111 karatli qimmatbaho tosh Markaziy Botsvananing shimoliy qismidan topilgan. Bu oxirgi yuz yil ichida topilgan eng yirik olmosdir, deb xabar beradi The Telegraph.

Topilmaning o‘lchamlari 65X56X45 mm ni tashkil qiladi. Bundan kattaroq hajmdagi olmos tarixda faqat bir marta – 1905 yili Janubiy Afrikadagi kondan topilgan. 3 106 karatli tosh “Kullinian” (“Afrika yulduzi”) nomini olgan edi. So‘ng u bir necha brilliantlarga bo‘lingan, eng kattalari Britaniya imperiyasi tojini bezagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish