Jahon | 20:46 / 19.11.2015
6905
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Bashar Asadni IShIDdan neft sotib olishda aybladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriya prezidenti Bashar Asad va uning hukumatini IShID jangarilaridan neft sotib olishda aybladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Bugungi kunda mintaqadagi barcha terrorchilik tashkilotlari bilvosita yoki bevosita Asad manfaatlariga xizmat qilmoqda. Asad tuzumi IShID terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ayni paytda Asad IShIDdan neft sotib olish va sotish bilan shug‘ullanmoqda. Buni ko‘rmaslik uchun ko‘r bo‘lish kerak. Bu yaqqol bilinib turibdi”, deb aytdi Erdo‘g‘an.

Bundan tashqari, Erdo‘g‘anning aytishicha, Asad hukumati davlat terrori siyosatini yurgazmoqda.

“Yuz berayotgan bugungi gumanitar falokat va teraktlarning bosh aybdori o‘zining 380 ming fuqarosini yo‘q qilib yuborgan Asad tuzumi hisoblanadi. Ular faqatgina statistika emas, ular jonlar va odamlar. Biz Asadning ketishi yoki ketmasligi haqida davom etayotgan bahslar o‘zida Suriya xalqi va butun insoniyat uchun qanday noma eltishini aniq anglashimiz kerak”, deb aytdi Erdo‘g‘an.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish