Jahon | 11:12 / 19.11.2015
3614
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Venada Suriyadagi saylovlarni Asadsiz o‘tkazishga kelishildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyada o‘tajak saylovlarda mamlakatning barcha fuqarolari, shu jumladan, qochqinlar ham ishtirok etishi zarurligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda u ATV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Venadagi muzokaralar shunga olib keldi. U yerda suriyaliklar ovoz berishi zarurligi hamda saylovda Bashar Asadning ishtirok etmasligi borasida kelishuvga erishildi. Biz barcha suriyaliklar, shu jumladan, mamlakatdan tashqaridagilari ham ovozlarini bera olishini istaymiz. Biz asosan Turkiya, Livan va Iordaniyadagi qochqinlar haqida gapirmoqdamiz”, - dedi Erdo‘g‘an.

Turkiyaning AQSh bilan hamkorlikda IShIDga qarshi amaliyotlar o‘tkazishi mumkinligin haqidagi savolga javob berarkan, Erdo‘g‘an taklif hamon kuchda qolayotganini ta'kidlab o‘tdi.
“IShID mamlakatimiz uchun tahdiddir. Kun tartibida koalitsiya bilan qo‘shilib guruhga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazish masalasi turibdi”, - ma'lum qildi Turkiya yetakchisi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish