Jahon | 15:00 / 19.11.2015
2222
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi favqulodda holat rejimi yana 3 oy davom etadi

Fransiya bosh vazir Manuel Valsning ma'lum qilishicha, mamlakatdagi favqulodda holat rejimi yana 3 oy muddatga uzaytirildi.

Favqulodda holat rejimi Parij teraktlaridan keyin joriy qilingandi.

15 noyabr kuni Fransiya prezidenti Fransua Olland favqulodda rejim holati muhlatini 12 kundan 3 oyga uzaytirish taklifi bilan chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 129 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 352 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Ushbu teraktlar 8 nafar jangari tomonidan amalga oshirilgan, ularning 7 nafari shahidlik belbog‘ini taqqan holatda bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish