Gondurasda AQShda grek pasportini o‘g‘irlagan besh nafar suriyalik qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Reuters.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning Parij teraktida hech qanday aloqasi yo‘qligi aniqlangan. Suriyaliklar Kosta-Rikaga o‘tayotganda Gonduras poytaxti Tegusigalpeda qo‘lga olingan.
Qo‘lga olinganlar Gvatemalaga, u yerdan esa AQShga o‘tishni rejalashtirishgan. Pasportlar qalbakilashtirilgan bo‘lib, ulardagi suratlar o‘zgartirilgan.