Jahon | 09:51 / 19.11.2015
1988
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada jangarilar hujumi natijasida qurbon bo‘lganlar soni deyarli 50 nafarga yetdi

Favqulodda xizmatlar bergan ma'lumotga ko‘ra, bir kecha kunduzda Nigeriyada bo‘lgan terrorchilik hujumi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 49 nafar kishiga yetdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, ikki nafar xudkush-terrorchi ayol Nigeriya shimolidagi Kano shahrida o‘zini portlatib yuborishi natijasida 15 kishi halok bo‘lgan. 53 kishi esa jarohat olgan. Faqvulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma'lumotga ko‘ra, elektronika bozorida bo‘lgan portlashlar natijasida 100 kishi jabr ko‘rgan.

Yana bir terakt Nigeriya shimoli-sharqidagi Yola shahrida yuz bergan. 34 kishi halok bo‘lib, 80 nafar kishi jarohatlangan.
Hukumatning ma'lum qilishicha, ushbu teraktlarga “Boko Haram” terrorchilik tashkilotining qo‘li bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish