Jahon | 01:30 / 19.11.2015
5078
1 daqiqa o‘qiladi

O‘sh viloyatida zilzila oqibatida uylari shikastlanganlar uchun shaharcha barpo etiladi

O‘sh viloyatida zilzila oqibatida uylari shikastlanganlar uchun "alohida shaharcha" barpo etiladi. 18 noyabrda Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vaziri Quvvatbek Bo‘ronov tegishli buyruq berdi.

“Joylarda barcha zaruriy narsalarni tashkil qiling, chodirlar o‘rnating, ularda issiqlik, chiroq va suv bo‘lsin. Odamlar bugun tunni xavfsiz sharoitlarda o‘tkazishlari kerak”, deb aytdi Bo‘ronov.

17 noyabrda kechki payt O‘sh viloyatida yuz bergan zilzila oqibatida O‘sh viloyatining Qorasuv tumanida 85 ta uy yaroqsiz holatga keldi, 10 ga yaqin obektga shikast yetdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish