Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV: Suriyada IShIDning 160 nafar rossiyalik jangarisi o‘ldirildi
Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Siromolotovning ma'lum qilishicha, Suriyadagi janglarda shu vaqtgacha Rossiyadan kelgan 160 nafar IShID jangarisi o‘ldirilgan.
"Ayni vaqtda IShID bayrog‘i ostida 25 ming nafardan ortiq xorijdan yollangan jangarilar to‘plangan. Ularning orasida Arab davlatlari, Yevropa, Rossiya va MDHdan kelganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyadan 2719 nafar rossiyalik IShID safiga borib qo‘shilgan va shu vaqtgacha ularning 160 nafari halok bo‘lgan, 73 nafari vatanga qaytib, sudga tortilgan. Taslim bo‘lganlarning 36 nafari hibs qilingan", deydi Siromolotov.
Qayd etish kerakki, OAVda bu borada turli ma'lumotlar aytiladi. Biroz oldinroq, Vladimir Putin IShID safida Rossiya va MDH mamlakatlari vakillari bo‘lgan 7 mingdan ortiq jangari mavjudligini aytgandi.