Jahon | 11:01 / 19.11.2015
3897
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Xitoy Su-35 yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Rossiya va Xitoy 24 dona ko‘p funksiyali Su-35 qiruvchilarini yetkazib berish bo‘yicha yirik aviatsion shartnoma imzoladi. Shartnoma qiymati 2 mlrd dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi “Kommersant” nashri.

Shartnoma tuzilgani haqidagi axborot “Rostex” davlat korporatsiyasi bosh direktori Sergey Chemezov tomonidan tasdiqlandi.

“Xitoyga Su-35 yetkazmalari borasida uzoq davom etgan muzokaralar yakuniga yetdi, biz shartnoma imzoladik”, - uning so‘zlarini keltiradi gazeta.
Har bir qiruvchining narxi o‘rtacha 83 mln dollarga to‘g‘ri kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish