Jamiyat | 11:56 / 19.11.2015
3043
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ortiqcha vazndan xalos bo‘lganlarga bir tonna ko‘mir mukofot sifatida beriladi

Kemerovskiy viloyati rahbari Aman Tuleyev hukumat mintaqada qazib olinadigan ko‘mir yordamida semizlikka qarshi kurash olib borishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda FlashSiberia.

Gubernator ozayotgan fuqarolarga yo‘qotilgan har bir kilogramm vazn uchun bir grammdan oltin mukofot sifatida berilishi borasidagi BAA hukumati dasturini esga olib o‘tdi.

“Ortiqcha vaznga qarshi kurash doirasida biz BAA uslubida mukofot beramiz. U yerda ozgan odamlarga oltin bilan to‘lashgan. Biz ham to‘lay olamiz. Faqat oltin tangalar bilan emas, ko‘mir bilan, tonnalar ko‘mir bilan to‘laymiz”, - dedi Tuleyev.

2015 yilda hudud hukumati aholiga 5 ming dona velosiped va skandinavcha yurish uchun tayoqchalar tarqatgan edi, deya oydinlik kiritdi Tuleyev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish