Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda IShIDga aloqadorligi gumon qilingan rossiyalik qo‘lga olindi
Tailandning Kampuchiya bilan chegarasi yaqinida o‘g‘irlangan Ispaniya pasportiga ega 27 yoshli Rossiya fuqarosi IShIDga aloqadorlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Bu haqda Bangkok Post xabar bergan.
Mahalliy politsiya ma'lumotiga ko‘ra, uning yonidan shu yilning iyun oyida yo‘qolga, ispaniyalik savdogarga tegishli pasport topilgan. Tergovda aniqlanishicha, qo‘lga olinuvchining ismi Ayrat Xabiryanov bo‘lib, u Rossiya fuqaroligiga ega hisoblanadi.
Xabiryanovning tan olishicha, u Tailandni pasport vizasi tugayotgani uchun tark etayotgan bo‘lgan. Bunday qonunbuzarlik uchun Tailand qonunchiligiga ko‘ra, 570 dollarlik jarima qo‘llanadi va jinoyatchi mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
Ma'lum bo‘lishicha, Xabiryanov ispaniyalikning pasportini 10 ming dollar evaziga malayziyaliklardan iborat jinoiy guruhdan sotib olgan. Ayni vaqtda uning IShID bilan aloqadorligi bo‘yicha gumonlar tekshirilmoqda. Uning o‘zi bunday gumonlarni butkul rad etmoqda.