Jahon | 15:53 / 20.11.2015
3589
2 daqiqa o‘qiladi

Afrikaning eng boy kishisi Malidagi mehmonxonada asirga olinganlar orasida emas

Afrikaning eng boy odami, nigeriyalik tadbirkor Aliko Dangote Mali poytaxti Bamakodagi mehmonxonada garovga olingan ichida bo‘lgani haqidagi xabar inkor etildi. Bu haqda Pals Nigeria nashri o‘zining rasmiy saytida yozib qoldirgan.

«Mening garovga olinganlar ichida bo‘lganim haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Xavotir olganingiz uchun rahmat. Men barcha tutqindagilar uchun ibodat qilaman», - deya gapirib o‘tdi Dangote.

Oldinroq, Al Jazeera bergan xabarga ko‘ra, Afrikaning boy odami – nigeriyalik milliarder Aliko Dangote Radisson mehmonxonasida garovga olingan 170 nafar shaxs ichida bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgandi.

Ma'lumot uchun, Aliko Dangote foydali qazilmalar qazib olish sohasida faoliyat yurituvchi Dangote Group kompaniyasining egasi sanaladi. Forbes jurnali bergan ma'lumotga ko‘ra, dunyo boylari reytingda 67, Afrika qit'asi bo‘yicha esa birinchi o‘rinda turadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish