Respublikachilardan AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Ben Karson urush va zo‘ravonlikdan qochayotgan suriyalik muhojirlarni itlarga tenglashtirdi, deb yozadi Politico nashri.
Alabamaning shaharlaridan birida o‘tayotgan saylovolda kampaniyasi chog‘ida u AQShga odamlar haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi aqlli yetakchilar kerakligini ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek, u xavfsizlik va gumanitar masalalar o‘rtasida muvozanat saqlash zaruratiga urg‘u berdi.
“Aytaylik, tumaningizda quturgan it yugurib yuribdi, siz bu itni yaxshi deb hisoblamaysiz va bolalaringizni undan uzoq tutasiz”, - dedi siyosatchi.
So‘zida davom etarkan, Karson qochqinlarni maxsus skanerlarda tekshirish “bolalaringizni himoya qilish bilan barobar” ekanligini ta'kidladi.
“Shu tariqa, bizga quturgan it kimligini ko‘rsatib beradigan skanerlar kerak bo‘ladi”, - xulosa qildi siyosatchi.