Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boltiqbo‘yi davlatlari prezidentlari NATOning mintaqadagi faoliyatini kengaytirishni yoqlab chiqdilar
Boltiqbo‘yi davlatlari prezidentlari NATOning mintaqadagi faoliyatini kengaytirishni yoqlab chiqdilar. Bu pozitsiyani Palanga kurort shahrida bo‘lib o‘tgan yillik an'anaviy ishchi uchrashuvda Litva, Latviya va Estoniya rahbarlari Dalya Gribauskayte, Raymonds Veyonis va Toomas Xendriklar yoqlab chiqishdi.
“Biz birgalikda mintaqada joylashtirilgan harbiy xizmatchilar va ittifochilar harbiy texnikalari miqdorining oshirilishiga harakat qilamiz, deb kelishib oldik”, - dedi Gribauskayte xonim.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu borada allaqachon bir qator ijobiy natijalarga erishilgan.
Ta'kidlanishicha, AQSh harbiy texnikasining birinchi partiyasi Litvada shu yilning o‘zidayoq joylashtiriladi.