Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada 5G tarmog‘i tekshirila boshlandi
Buyuk Britaniyaning Gigaclear uyali aloqa operatori bir soniyada 5 gigabit axborot uzatish qobiliyatiga ega 5-avlod o‘ta yuqori tezlikdagi mobil tarmog‘ini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Jismoniy shaxslar va biznes-mijozlarga taklif etiladigan H5G va B6G xizmatlari ma'lumotlarni mamlakat bo‘yicha o‘rtacha tezlikdan 200 marta tezroq yuklashni ta'minlaydi.
Buyuk Britaniyadagi birinchi 5G-tarmoq yil oxirigacha sinov rejimida ishlaydi. Mijozlar undan 2016 yilning boshidan foydalana olishlari mumkin bo‘ladi. Yangi xizmat jismoniy shaxslarga oyiga 399 funt sterlingga, yuridik shaxslarga esa 1500 funt sterlingga aylanadi.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, 1,5 Gb hajmli videoni yuklash keng polosali xizmatlarni taqdim qiluvchi britan operatorlarida 8 daqiqagacha vaqtni olishi mumkin. 100 Mbit/s li Gigaclear tarmog‘ida shu video 2 daqiqada, 5G tarmog‘ida esa 4-6 soniyada yuklanadi.
Rossiyada yuqori tezlikdagi tarmoqlarni joriy qilish o‘tgan yil oxiridan boshlangan edi. 5G-tarmoqlar bir soniyada bir necha gigabitgacha axborotlar uzatish tezligini, ya'ni 4G-tarmoqdan yuzlab marta tezroq tezlikni ta'minlaydi. Buning evaziga foydalanuvchilar 3D-o‘yinlar o‘ynashlari, deyarli cheklovlarsiz juda katta hajmdagi fayllarni uzatishlari, oqimli HD-videoni buferizatsiyaga to‘xtashlarsiz ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Rossiyada dastlabki 5G tarmoq bilan qoplangan hududlar 2018 yilgi Jahon chempionatigacha ishlay boshlashi mumkin bo‘ladi. Tarmoqlarning sinovdan o‘tkazilishi 2017 yilda boshlanishi kutilmoqda.