Jahon | 09:41 / 20.11.2015
2417
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada yo‘lovchi samolyot bortda bomba borligi haqidagi xabar tufayli shoshilinch-majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

AQShning Florida shtatida Airbus A320 samolyoti Fort-Loderdeyl xalqaro aeroportiga shoshilinch qo‘ngan.

92 yo‘lovchi ketayotgan bu samolyot yo‘lovchilaridan biri bortda bomba borligi haqida xabar berganidan so‘ng, shunday qarorga kelingan.

Samolyot yerga qo‘nishi bilanoq uni maxsus xizmat xodimlari va qutqaruvchilar kutib olishgan.

MiamiHerald xabariga ko‘ra, samolyot parvozga chiqishidan 15 daqiqa o‘tib, ortga qaytgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish