Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Malidagi mehmonxonada asir olganlarni ozod qilishda yordam ko‘rsatadi
Fransiya Radisson Blu mehmonxonasida garovga olingan shaxslarni qutqarishda Mali hukumatini qo‘llab-quvvatlaydi, deb yozadi Sky News Arabia.
Xabar qilinishicha, fransuz hukumati xususan, logistika va razvedka masalasida Maliga yordam berish niyatida.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabiusning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya hukumati garovdagilarni ozod qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyor bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni tongda Mali poytaxi Bamako shahrida joylashgan Radisson Blu mehmonxonasida otishma sodir bo‘lgandi. Jinoyatchilar 170 nafar odamni garovga olishgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea natijasida 9 nafar odam halok bo‘lgan.