Jahon | 13:15 / 20.11.2015
6103
1 daqiqa o‘qiladi

Jangarilar Malidagi mehmonxonada 170 kishini garovga oldi

Jangarilar Mali poytaxti Bamako shahrida joylashgan Radisson mehmonxonasida portlash uyushtirib, 170 kishini garovga oldi. Ularning 140 nafari mehmonlar bo‘lsa, 30 nafari mehmonxona xodimlaridir, deya xabar bermoqda NBC News.

Bino ichida 10 nafar atrofida ekstremistlar bo‘lishi mumkin, deya ma'lum qildi Reuters agentligi mahalliy maxsus xizmat vakili ma'lumotiga asoslangan holda.
Guvohlarning aytishicha, jinoyatchilar 20 noyabr kuni tongda mehmonxona binosiga qarata o‘q otishgan. The International Business Times nashri ma'lumotiga ko‘ra, hozirgacha uch kishi halok bo‘lgan.

Fransiyaning RFI radiosi ma'lumotiga ko‘ra, jangarilar mehmonxona hududiga xorijiy davlat elchixonasi raqamidagi mashinada kirib kelishgan.
Hodisa joyiga politsiya xodimlari yetib kelishgan. Hozircha mintaqada faoliyat ko‘rsatayotgan birorta ham terroristik guruh bu bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish