Jahon | 22:42 / 20.11.2015
2802
1 daqiqa o‘qiladi

Kolizeyda temir qidiruvchi qurilma o‘rnatiladi

Rimdagi Kolizey yaqinida unga kirish uchun temir qidiruv qurilmasi o‘rnatiladi, deb xabar bermoqda TASS, muzey matbuot kotibi ma'lumotiga asoslanib.

“Rim arxeologiya va madaniy meros qo‘riqlash boshqarmasi Parijdagi teraktlar sabab shunday chora qo‘lladi”, — dedi matbuot kotibi boshlig‘i Kristiano Brugitta.

Ma'lum qilishlaricha, ushbu qurilma Kolizey devorlari yaqinida o‘rnatiladi. Sayyohlarni u yerga qabul qilish jarayoni qanday kechishligi haqida aniqlik kiritilmagan.

Kolizeyga bir kunda 10-12 ming sayyoh tashrif buyuradi. Shu bois qurilmadan ularni navbatma-navbat o‘tkazish nazarda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish