Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosta-Rikada futbol uchrashuvi paytida hakam sharhlovchini stadiondan chiqarib yubordi
Futbol bo‘yicha Kosta-Rika chempionatining eng quyi divizionlaridan biridagi uchrashuvda kulguli holat yuz berdi, deb xabar bermoqda ESPN telekanali. “Koto Brus” va “Barrio Meksiko” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda o‘yin hakami televizion sharhlovchi Enri de Xesus Diasni maydondan chiqarib yubordi.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, hakam yordamchisi sharhlovchi uchrashuv bosh hakami Jimmi Torres uchrashuvni yomon o‘tkazayotganini aytganini eshitib qolgan. Shundan keyin yordamchi bosh hakamga bu haqda xabar bergan. Torres o‘yinni to‘xtatib, sharhlovchini maydondan chetlatishga qaror qilgan.

“Uydirma. Axir men faqatgina sharhlovchiman. Telbalar uyi”, deb aytdi sharhlovchi uchrashuvdan so‘ng.