Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malidagi mehmonxonada garovga olinganlarni ozod qilish amaliyoti yakunlandi
Mali poytaxti Bamako shahridagi Radisson Blu mehmonxonasida garovga olinganlar qolmadi va maxsus amaliyot yakunlandi. Bu haqda Mali Milliy xavfsizlik xizmatiga asoslangan holda Sky News Arabia xabar tarqatgan.
"Mehmonxona qo‘noqlari ayni vaqtda xavfsiz joyda", deya ma'lum qilgan manba.
Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Mali poytaxti Bamako shahridagi Radisson Hotel Bamako mehmonxonasiga o‘nlab jangarilar bostirib kirdi va 170 kishini asirga oldi. Bosqindan oldin yuz bergan portlash va otishma vaqtida 9 kishi halok bo‘lgan.
Tez orada mehmonxona atrofi o‘rab olinishi boshlangan va birin-ketin asirlarni ozod qilish ishlari boshlangan.
Qutqaruv amaliyotlariga Fransiya jandermeriyasining 40 nafar jangchisi jalb qilingan. Shuningdek, mehmonxonani jangarilardan ozod qilish amaliyotida amerikalik harbiylar hamda BMTning tinchlikparvar kuchlar korpusi xodimlari ishtirok etgan.
Bu hujum uchun javobgarlikni "Al-Qoida"ning Afrikadagi bo‘limlaridan biri "Al-Murabitun" guruhi o‘z zimmasiga olgan.