Jahon | 20:08 / 20.11.2015
4096
2 daqiqa o‘qiladi

Manba: Malidagi mehmonxonada 27 kishi halok bo‘lgan

BMTning tinchlikparvar korpusi ma'lumotigan ko‘ra, Mali poytaxti Bamako shahrida jangarilar tomonidan egallab olingan Radisson Blu mehmonxonasida 27 kishining jasadi aniqlangan.

Manbaning aytishicha, bu dastlabki ma'lumot va u o‘zgarishi mumkin.

Ayni vaqtda mehmonxonada garovga olinganlar qolmagan va binoni jangarilardan tozalash ishlari davom etmoqda.

Bundan oldinroq mehmonxonada 15 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Mali poytaxti Bamako shahridagi Radisson Hotel Bamako mehmonxonasiga jangarilar bostirib kirdi va 170 kishini asirga oldi. Bosqindan oldin yuz bergan portlash va otishma vaqtida 9 kishi halok bo‘lgan.

Tez orada mehmonxona atrofi o‘rab olinishi boshlangan va birin-ketin asirlarni ozod qilish ishlari boshlangan.

Qutqaruv amaliyotlariga Fransiya jandermeriyasining 40 nafar jangchisi jalb qilingan. Shuningdek, mehmonxonani jangarilardan ozod qilish amaliyotida amerikalik harbiylar hamda BMTning tinchlikparvar kuchlar korpusi xodimlari ishtirok etgan.

Bu hujum uchun javobgarlikni "Al-Qoida"ning Afrikadagi bo‘limlaridan biri "Al-Murabitun" guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish