Jahon | 09:14 / 20.11.2015
3196
2 daqiqa o‘qiladi

Manba: Parij terakti tashkilotchilaridan biri Gollandiyadan qidirilmoqda

Gollandiyada ham Parij teraktlarining asosiy tashkilotchilaridan biri bo‘lgani gumon qilinayotgan Saloh Ablislomni qidirish ishlari boshlandi. Bu haqda qidiruv ishlaridagi manbasiga asoslangan holda CNN xabar tarqatgan.

Biroz oldinroq, Fransiya bosh vaziri Manuel Vals ushbu shaxsning qaysi davlatda ekani haqida ma'lumotga ega emasligini bildirgandi.

Shu vaqtgacha Saloh Abdislomni Fransiya va Belgiyada qidirishayotgandi.

Fransiya politsiyasi xorij mamlakatlariga ushbu terrorchi haqidagi ma'lumotlarni va suratlarni jo‘natgan. Unga tegishli bo‘lgani taxmin qilingan avtomobil belgilari ham tarqatilgan.

18 noyabr kuni Parijning Sen-Deni tumanida o‘tkazilgan maxsus amaliyot davomida terakt tashkilotchilaridan biri Abdulhamid Abaud o‘ldirildi va yangi teraktlarga tayyorlangan guruh qo‘lga olindi.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parij shahrida davomli teraktlar sodir etildi va bu teraktlar oqibatida 129 kishi halok bo‘lib, 352 kishi jarohatlandi. Shifoxonadagilarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish