Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: IShID yetakchilari aviazarbalar tufayli Raqqadan qochmoqda
Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan berilgan zarbalardan keyin IShID yetakchilari Suriyaning Raqqa shahridan qochmoqda. Raqqa IShIDning norasmiy “poytaxti” hisoblanadi.
“Mahalliy aholi IShIDning yetakchilari va qo‘mondonlari Rossiya aviatsiyasi va harbiy-dengiz floti qanotli raketalari zarbalari oqibatida katta yo‘qotishlardan keyin Suriyaning Raqqa shahrini tark etayotganlarining guvohi bo‘ldilar”, deb yozmoqda Eronning FARS agentligi.
“Razvedka manbalari jangarilar yetakchilari IShID poytaxti deb ataluvchi Raqqa shahrini chorshanba kuni (18 noyabrda) yuzlab jangarilar qochib ketgandan keyin ularning ortidan qochayotgani haqidagi odamlarning xabarlarini tasdiqlashdi”, deb davom etmoqda agentlik.
Avvalroq agentlik Raqqadan Iroqning Mosul shahriga IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bog‘dodiy qochganini ma'lum qilgandi.