Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Malidagi mehmonxonada asirga olinganlar orasida Afrikaning eng boy kishilaridan biri bor
Afrikaning eng badavlat kishilaridan biri, nigeriyalik tadbirkor Aliko Dangote Mali poytaxtidagi mehmonxonada garovga olinganlar orasida bo‘lishi mumkin. Bu haqda Nigerian Bulletin nashri xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, bu insonning boyligi 18,6 million dollarga baholangan.
U Maliga mamlakat prezidenti bilan muzokara o‘tkazish uchun kelgandi. Ma'lum qilinishicha, ushbu milliarder shakar va un savdosi bilan shug‘ullanadi.
Bundan tashqari besh yulduzli ushbu mehmonxonada garovga olingan 170 kishi orasida Turkish Airlines aviakompaniyasi xodimlari hamda 5 nafar fransiyalik borligi aytilgan.
Bundan oldinroq, 20 noyabr kuni tongida Mali poytaxtidagi Radisson Blu mehmonxonasi oldida portlash va otishma sodir etilib, mehmonxonadagi 170 kishi (shundan 140 nafari istiqomatchilar, 30 nafari xodimlar) asir qilingani haqida xabar berilgandi.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra garovdagilarning 20 nafari qo‘yib yuborilgan.