Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij terakti tashkilotchisining akasi Marokashdagi qamoqxonada saqlanmoqda
Marokash hukumati Parij terakti tashkilotchisi, Abdulhamid Abaudning kichik akasi hibsga olingani haqida ma'lum qildi.
Reyter nashri xabariga ko‘ra, Yassin Abaud o‘tgan oydan beri Marokashdagi qamoqxonada saqlanmoqda.
Biroz oldinroq, 18 noyabr kuni Abdulhamid Abaudning yo‘q qilish maqsadida Parijning Sen-Deni tumanida o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida o‘ldirilgan jangarilar soni 3 nafar bo‘lgani xabar qilingandi.
Ushbu operatsiya vaqtida Parijda navbatdagi teraktlarni sodir etishga hozirlanayotgan Abaud o‘ldirilgan, uning yonida bo‘lgan 7 kishi qo‘lga olingan.
13 noyabr kuni oqshomida terrorchilar Parijda 7ta nuqtada o‘z maqsadlarini amalga oshirishdi. Avvaliga "Stad de Frans" stadioni yaqinida portlash, keyin Sena daryosi bo‘yidagi kafelarda o‘t ochilishi, nihoyat "Bataklan" teatrida odamlarning qirg‘in qilinishi oqibatida 129 kishi halok bo‘lgandi.
Jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilganlardan biri bugun jon berdi.