Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin 23 noyabr kuni Eron prezidenti Hasan Ruxoniy bilan uchrashadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23 noyabr kuni Eronga tashrif buyuradi va Tehronda o‘zining eronlik hamkasbi Hasan Ruxoniy bilan uchrashadi.
Bu haqdagi ma'lumot Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov tomonidan tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, Putin Eronda ikki mamlakat gaz eksportchilarining uchinchi forumida ishtirok etadi. Forum doirasida gaz sotuvchi va oluvchi tomonlarning manfaatlari hamda sohaga sarmoya kiritish sharoitlari yaxshilanishi masalalari muhokama qilinadi.
Xabar qilinishicha, tahlilchilar gazga talab 2040 yilga borib 3 barobar ortishi va 4,9 trln tonnaga yetishini bashorat qilishgan.