Jahon | 19:14 / 20.11.2015
8034
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: bombardimonlar yaxshi ketyapti, ammo bu kamlik qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy bo‘linmalarning Suriyada olib borilayotgan harbiy harakatlar borasidagi hisobotini tingladi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Vazifalar yaxshi darajada ado etilyapti. Ammo bu Suriyani jangarilardan, terrorchilardan tozalash va Rossiyaga bo‘ladigan xavfning oldini olish uchun kamlik qiladi”, — dedi prezident hisobot tinglovi yakunida.
Prezident, shuningdek, kelgusidagi ishlar haqida gapirib o‘tar ekan “bundan keyingi qadamlar ham xuddi hozirgidek sifatli, professional va kutilgan natijalarni beruvchi bo‘ladi”, deb aytib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish