Jahon | 10:43 / 20.11.2015
3522
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada davlat bayrog‘ini o‘zgartirish bo‘yicha umummilliy referendum boshlandi

Yangi Zelandiyada 20 noyabr kuni davlat bayrog‘ini o‘zgartirish bo‘yicha dastlabki referendum boshlandi. Buning uchun ishtirokchilar maxsus ro‘yxatdan o‘tishdi. Ularning soni hozirda 3 milliondan ortiqni tashkil etmoqda.

Yaqin kunlarda referendum ishtirokchilari 5ta variantdagi bayroq rasmlari tushirilgan byulletenni olishadi va “Siz Yangi Zelandiya bayrog‘i sifatida qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?” degan savolga javob berishadi.

Byulleten to‘ldirilgan holda tashkilotchilarga 8 dekabrdan kechiktirmagan holda jo‘natilishi lozim. Referendum natijasi 15 dekabr kuni e'lon qilinadi. Referendumda eng ko‘p tanlangan bayroq varianti muallifi g‘olib bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish