Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda arab tilida gaplashgani uchun ikki yo‘lovchi samolyotga chiqarilmadi
AQShda Chikagodan Filadefiyaga uchmoqchi bo‘lgan ikki yo‘lovchi o‘z reyslaridan qolib ketishdi. Bunga ularning o‘zaro arab tilida gaplashishgani sabab bo‘ldi, deyiladi Assoshieyted Press nashri.
Ma'lum bo‘lishicha, pitssa tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Maxer Xalil o‘z do‘sti bilan Southwest Airlines aviakompaniyasi reysidan foydalanish uchun aeroportga kelishganida xodimlar ularni bortga qo‘ya olmasliklarini aytishgan. Bunga sabab sifatida samolyotning boshqa yo‘lovchilari ular bilan birga uchishdan qo‘rqishgani aytilgan.
Xalilning bildirishicha, u bilan ilk marta bunday voqea sodir bo‘ldi.
Xabarda aytiladiki, ushbu ikki yo‘lovchi uchun aviakompaniya keyingi reysdan joy buyurtma qilgan.
Biroz oldinroq, Floridada 92 nafar kishini olib uchgan samolyot bortida bomba bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilganidan keyin, samolyot shoshilinch ravishda qo‘nishni amalga oshirgandi.