Jahon | 20:39 / 21.11.2015
2631
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada Parijdagi teraktga aloqadorligi gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi

Belgiya politsiyasi Bryussel shahri yaqinidagi benzin quyish shoxobchasida 6 nafar yigitni qo‘lga oldi. Ular Parij terakti tashkilotchilaridan biri Saloh Abdislomning mashinasiga bir necha marta benzin quyib bergani aniqlangan. Bu haqda Libre Belgique nashri xabar tarqatgan.

Ularni qo‘lga olish uchun o‘tkazilgan maxsus amaliyotda bir necha mikroavtobusga mingan politsiyachilar ishtirok etishgan.

Qo‘lga olinganlar Bryusseldan 20 km masofadagi kommunaga olib kelinishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish