Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiylar terrorchining shahidlik belbog‘ini 100 m masofadan aniqlash imkoniga ega bo‘lishadi
AQShda terrorchi hudkushning shahidlik belbog‘ini 100 metr uzoqlikdan payqash imkonini beruvchi vosita paydo bo‘ldi. Bu haqda Defense One xabar bergan.
Xabar qilinishicha, AQSh Mudofaa vazirligi shunga o‘xshash vositani 2012 yilda Afg‘onistonda ham qo‘llagan. Bu vosita portlovchi qurilmalarga qarshi kurashish agentligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.
Bu apparat qo‘lbola portlovchi qurilmadan tarqaladigan infraqizil nurlarni uzoqdan sezish xususiyatiga ega.
Parijdagi teraktlardan katta shaharlardagi aholi himoyasi uchun bunday vositalarning asqotishi ta'kidlangan.