Jahon | 22:50 / 21.11.2015
2826
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri BAA, Isroil va Falastinda Suriyani muhokama qiladi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 22-24 noyabrda BAA, Isroil va Falastin muhtoriyatiga tashrif buyuradi va bu davlatlar yetakchilari bilan Suriya masalasini muhokama qiladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Abu-Dabida Kerri BAAning yuqori lavozimdagi vakillari bilan uchrashadi va bir qator ikki tomonlama va Suriyaga e'tibor qaratgan holda mintaqadagi siyosiy va xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi”, deb aytdi AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi.

Kerri, shuningdek, falastinliklar va isroilliklar o‘rtasidagi zo‘ravonlikni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish