Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Germaniya parlamenti mamlakatning Suriyada IShIDga qarshi harbiy harakatlariga qarshi emas
Germaniya parlamentida ko‘p o‘ringa ega Germaniya xristian-demokratik ittifoqi (GXDI) va Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) mamlakatni Suriyadagi IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi harbiy harakat boshlashiga rozilik bildirdi.
Bu haqda Germaniya siyosatchilari ma'lumotiga asoslanib, Der Spiegel gazetasi ma'lum qilmoqda.
“Germaniya IShIDga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga tayyor bo‘lishi kerak. Qayerda va qanday — sheriklarimizning hamkorligiga bog‘liq”, — dedi GSDP vakili Tomas Xitchler.
GXDI vakili Roderik Kizevetterning fikriga ko‘ra esa, Suriyadagi jangarilar marralariga havodan zarba bergan ma'qul.
Bundan tashqari, ayrim parlamentchilarning fikriga ko‘ra, mamlakat ichida terroristik harakat va terrorizmni qo‘llab-quvatlashga qarshi qonun javobgarligini kuchaytirish lozim bo‘ladi.