Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:40 / 21.11.2015
3025
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Myanmada yer o‘pirilishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi
Myanma shimolidagi Kachin shtatida yuz bergan yer o‘pirilishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Global New Light of Myanmar gazetasi ma'lum qildi.
Katta ko‘lamdagi yer o‘pirilishi nefrit qazib olinadigan shaxta yonida sodir bo‘ldi. Vayronalar ostida konchilarning o‘nlab uylari qolib ketgan. Gazetaning ta'kidlashicha, qurbonlar soni oshishi mumkin, chunki vayronalar ostida yuzlab odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish