Jamiyat | 12:03 / 21.11.2015
2426
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston FVV qoshida zilzila talafotlarining oldini olish maqsadida maxsus hisob raqam ochildi

Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyevning ko‘rsatmasiga muvofiq O‘sh viloyatida sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun mamlakat faqulodda vaziyatlar vazirligining janubiy markazi qoshida maxsus hisob raqami ochildi.

Unga muvofiq biznes-hamjamiyatlar, jismoniy shaxslar, vazirliklar va tashkilotlar hamda boshqa istovchilar ixtiyoriy ravishda hisob raqamiga pul o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘sh viloyatida 6,- 6,5 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Buning natijasida 3 381 ta turar joy binosi vayronaga aylangan. 115 ta ijtimoiy bino turli darajada talafot ko‘rgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish